Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏥 Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi.
янв.21
Aholi murojaatlari deputat e’tiborida.
янв.21
Mahallada deputatga biriktirilgan qonun ijrosi hamda hududni rivojlantirish loyihalari o‘rganildi.
янв.21
📌 Mahallada jinoyatchilikka qarshi kurash holati o‘rganildi.
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Qonun ijrosini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi ta’minlanishi holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi ta’minlanishi holati o‘rganilmoqda.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BAG‘DOD TUMANI KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI ISHTIROKIDA NAVBATDAGI YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi tumanda ta’minlanishi holatini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan ishchi guruhning tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Amaliy o‘rganish: Mahalladagi o‘zgarishlar e’tibor markazida

Amaliy o‘rganish: Mahalladagi o‘zgarishlar e’tibor markazida

Kecha Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov, kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda deputat R.Shamanov "Mustaqillik" mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlarini ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganish davomida:

Hokim yordamchisi ko‘magi: Kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobiga tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati tahlil qilindi.

Dastlabki hosil: Tadbirkorlikni boshlagan xonadonlarda yetishtirilgan ilk hosil pishib yetilib, allaqachon bozorga chiqarila boshlagani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek deputatlar hududdagi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaat va muammolarini tingladilar.

Ishlar samaradorligi va xonadonlardagi daromad manbalari joyida o‘rganilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6