Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi muammolarga ijobiy yechim topilmoqda
янв.21
O'zbekiston ovozi" gazetasining navbatdagi sonida O'zbekiston XDP Bag'dod tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati D.Xamraqulovning maqolasi chop etildi.
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
Hududdagi muammolarga ijobiy yechim topilmoqda
янв.21
Dehqon bozorida narx-navolar o‘rganildi.
янв.21
Bag‘dod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Dasturlarga kiritilgan loyihalar o‘rganilmoqda.
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘masi hisobidan amalga oshirilgan loyihalar hududlarga chiqib o‘rganildi.
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva hamda tuman Kengashi deputati U. Mirzaumarov Axshakguzar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, Toshloq tumani Axshakguzar mahallasini aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganish belgilab olindi.

Slide 1 of 4