Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi muammolarga ijobiy yechim topilmoqda
янв.21
O'zbekiston ovozi" gazetasining navbatdagi sonida O'zbekiston XDP Bag'dod tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati D.Xamraqulovning maqolasi chop etildi.
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
янв.21
Hududdagi muammolarga ijobiy yechim topilmoqda
янв.21
Dehqon bozorida narx-navolar o‘rganildi.
янв.21
Bag‘dod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Dasturlarga kiritilgan loyihalar o‘rganilmoqda.
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘masi hisobidan amalga oshirilgan loyihalar hududlarga chiqib o‘rganildi.
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.

Toshloq tumani Kengashi deputati R.Matqulov tomonidan 19-Xonariq saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalining ta’mirtalabligi hamda sport anjomlarining eskirgani aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborilgan.

Mazkur so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etilib, unda tumandagi og‘ir toifadagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini Jahon banki grant mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirlash rejalashtirilganligi ma’lum qilingan. Xususan, Xonariq mahalla fuqarolar yig‘ini ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, hududdagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini 2026-yil davomida to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarish belgilangan bo‘lib, mazkur jarayonda maktabning sport infratuzilmasini yaxshilash ham inobatga olinishi qayd etilgan.

Slide 1 of 1