Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

5-sonli IDUMda tumandagi umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun  “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Oʻquv seminariga tuman xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, MMTB boshligʼi U. Kamolov, tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari N. Kenjayev hamda Milliy gvardiya katta inspektori D. Abdullayevlar ishtirok etdi.

Seminar davomida maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, direktor o'rinbosarlarining  faoliyatini samarali tashkil etish orqali tizimdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari haqida fikr almashildi.

Slide 1 of 5