Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputatlari o‘zlari saylangan okrugda joylashgan taʼlim muassasalarida binoning isitilish holati, o‘quvchilar davomadining ahvoli bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.