Qabulda Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi
raisi, tuman hokimi S.Berdiqulov, Xalq qabulxonasi, tumandagi korxona va
tashkilot rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari
tinglandi.
Murojaatlar asosan kadastr, elektr energiyasi, tabiiy
gaz, bandlik, yer bilan bog‘liq munosabatlar, tibbiyot va moddiy yordam
masalalarida yo‘llandi.
Aksariyat murojaatlar yuzasidan joyida huquqiy
tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qolgan muddat talab qiladigan masalalar
bo‘yicha mas’ullarga muammoni tez fursatlarda ijobiy hal etish bo'yicha vazifalar
belgilandi.