Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisida Bag‘dod tumani 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan mahallabay (shaxsbay) manzilli ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ro‘yxatidan chiqarish masalasi ko’rib chiqildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tumanning 2026-yil budjeti va shaharsozlik hujjatlari ijrosi muhokama qilindi.
янв.21
Deputatlar hududlarda
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Samandarak mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Muammolar yechilmoqda, takliflar e'tiborda.
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Deputatlar hududlarda dastur ijrosini o‘rgandi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari A. Maxammatov, J. Axunov  va F. Shakarov, shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S. Norboyeva  bilan birgalikda tumanda amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan faravonlik sari” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini joylarda o‘rgandi.

Uchrashuvlar davomida deputatlar mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholini tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Deputatlar aholining turmush darajasini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mavjud muammolarni ham o‘rgandi.

Shuningdek, dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar natijasida hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari deputatlar e’tiborida bo‘ldi. 

Slide 1 of 2