Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisida Bag‘dod tumani 6-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan mahallabay (shaxsbay) manzilli ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi ro‘yxatidan chiqarish masalasi ko’rib chiqildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida tumanning 2026-yil budjeti va shaharsozlik hujjatlari ijrosi muhokama qilindi.
янв.21
Deputatlar hududlarda
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Samandarak mahallasida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
янв.21
Deputatning “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Muammolar yechilmoqda, takliflar e'tiborda.
MAHALLADAGI MUAMMOLAR DEPUTAT ISHTIROKIDA YECHIMINI TOPMOQDA.

MAHALLADAGI MUAMMOLAR DEPUTAT ISHTIROKIDA YECHIMINI TOPMOQDA.

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi” – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi 2025-yil 21-yanvar kuni VII-5-9-10-144-K/25-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan deputatlar va “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishga oid barcha mexanizmlar, tavsiya va ko‘rsatmalar belgilab berildi.

Jumladan, tumandagi 1-Markaz saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tomonidan “Xo‘ja” mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish davomida aniqlangan muammolar tizimli ravishda hal etib kelinmoqda.

Misol tariqasida “Xo‘ja” MFY hududidagi “Istiqlol” va “Yangidaha” “Taraqqiyot” ko‘chalaridagi yo‘l ta’miri bilan bog‘liq muammolar deputat tomonidan o‘rganilib, tumandagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash manzilli ro‘yxatiga kiritish tashabbusi bilan chiqildi. Kengash qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga kiritilgan ushbu ko‘chalarning 1,2 km qismiga bugungi kunda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan belgilangan loyiha va talablar asosida maxsus texnikalarni jalb qilgan holda shag‘al qoplamasini yotqizish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Shuningdek, deputat Elyorjon Saidov tomonidan mahallalarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda davlatimiz tomonidan insonlar va xalqimiz manfaati va farovonligi yo‘lida qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, Prezident Farmon va Qarorlari, Oliy Majlis Senati Qarorlari va boshqa hujjatlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari yetkazilib, atroflicha tushuntirib kelinmoqda.

Slide 1 of 3