35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Mahalla kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan infogramma
Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha “Deputatlik so‘rov”i chiqarildi.

 Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha “Deputatlik so‘rov”i chiqarildi. 

  Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev, O‘zbekiston
“Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.Karimovlar tumandagi saylovchilar bilan
yakkama-yakka muloqot o‘rnatish maqsadida tumanning Yoyilma MFY hududida
uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbat davomida mazkur mahallada yashovchi bir guruh fuqarolar farzandlarini
o‘zlariga yaqin davlat muassasasida tarbiyalanishlari qulay ekanligini, lekin
muassasada qo‘shimcha o‘rin yo‘qligi sababli qiynalayotganlilari va buning
oqibati ish bilan ta’minlanishlariga to‘sqinlik qilayotganligi aniqlandi.
 

Ushbu murojaat
yuzasidan 41-sonli DMTTda o‘rganish o‘tkazilib, hozirda qo‘shimcha guruh uchun
joy va jihozlar borligi, tuman SEO va JS tomonidan e’tiroz yo‘qligi, aholini
roziligi hamda bolajonlarimizni qulay sharoitda tarbiyalanishlari uchun
imkoniyat yaratish maqsadida tuman hokimi nomiga “Deputatlik so‘rov”i
tayyorlanib, mas’ulga yetkazildi.
 

“Deputatlik
so‘rov”lari yuborishdan maqsadimiz jonajon xalqimizni rozi qilish va ularga
yetarli darajada qulaylik yaratilishidan iboratdir.
 

Zero, har doim ta’kidlaganimizdek, har qanday holatda
ham xalqparvar mas’ullar albatta bu muammolarga yechim topib, jonajon
xalqimizni rozi qilishlariga umid qilamiz va albatta bu yo‘ldan aslo
qaytmaymiz. Buning uchun esa bizga ishonch bildirgan jonajon xalqimizning
duolaridir...
  

Slide 1 of 1