Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Maktablarda tashkil etilgan tayanch o‘quv rejasining amaliyotga joriy qilinganlik holati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar

 Maktablarda
tashkil etilgan tayanch o‘quv rejasining amaliyotga joriy qilinganlik holati
bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar
 

  

O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-son qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2023-yilga mo‘ljallangan
amaliy tadbirlar rejasining 6-bandida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yuqori
sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida
maktablarda tayanch o‘quv rejasi hamda amalda
mavjud sinflarda kimyo – biologiya, fizika – matematika, ona tili – chet tili,
matematika – chet tili yo‘nalishida o‘quv-rejasini ishlab chiqish va amaliyotga
joriy etish, shuningdek 2023/2024 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
tajriba-sinov tariqasida tanlov fanlarini joriy etilganligini jamoatchilik
nazorati tartibida o‘rganish maqsadida “Adolat” SDP tomonidan tuzilgan
O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimov, tuman
Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev, B.Axmadjonov, A.Alobidinov, A.
Erkaboyev, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan T.Isaqovalar
tarkibidagi ishchi guruh a’zolari tumandagi 15-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib,
tayanch o‘quv dasturi asosida ta’lim berilayotgan sinfda dars tahlillari
o‘tkazilib, o‘quvchilarning va o‘quvchilarning bilim va salohiyatlari
o‘rganildi. O‘quvchilardagi bilimga chanqoqlik, ustozlarning salohiyati ishchi
guruh a’zolarini yana bir bor ustozlarga nisbatan iftixor tuyg‘usini his
qilishlariga sababchi bo‘ldi.
 

Respublikamizda
2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb nomlanib, har jabhada
ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar
belgilanayotganligiga qaramay mahalla raisi tomonidan ta’limga nisbatan
befarqlik bilan qarayotganligini esa baholashga til ojiz...
  

Slide 1 of 1