Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Prezident qarori ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Beruniy tuman Kengashi deputati Merjenay Durdibayeva tomonidan Maxtumquli OFYdagi 12-Oilaviy polilinikasida o‘rganishlar olib borildi.
FUQAROLAR MUROJAATLARI MANZILLI O‘RGANILMOQDA

 FUQAROLAR
MUROJAATLARI MANZILLI O‘RGANILMOQDA
 

  

Xalq deputatlar
Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyatiga fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar
tezkorlik bilan manzilli tarzda o‘rganilmoqda.
 

Tuman Kengashi
kotibiyatiga tumanning Qo‘rg‘ontepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bir
guruh fuqarolar murojaati bo‘yicha, tuman Kengashi kotibiyat mudiri F.Mirzayev,
“Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi
O.Madumarov, komissiya a’zolari O.Dadajonova, Z.Axmedovalar birgalikda
Qo‘rg‘ontepa MFYga murojaatni o‘rganish uchun yetib bordilar.
 

Murojaat bo‘yicha
Qo‘rg‘ontepa MFY hududidagi 53-sonli umumta’lim maktabida 73 nafar fuqarolar
bilan davra suhbati o‘tkazilib, arizada ko‘rsatilgan holat o‘z tasdig‘ini
topmaganligi sababli, tuman Kengashi huzuridagi “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha” doimiy komissiyasining xulosasi bilan tuman
Prokuraturasiga kiritilishi ma’lum qilindi.
 

Suhbat davomida
ushbu saylov okrugidagi mahalla raislari, mahalla faollari bilan
suhbatlashildi.
 

Suhbat yakunida
mahalla faollarini dalalarimizda “Oq oltin” terimi avjida ekanligi sababli,
milliy boyligimizni nes-nobud qilmasdan terilishida, hamda shu bilan birgalikda
terimdan tushgan mablag‘ orqali qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishga taklif
qildilar.
  

Slide 1 of 1