Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o'z saylovchilar oldida axborot berib o'tdi.
янв.21
Халқ депутатлари Беруний тумани Кенгаши депутати Л.Хожаниязованинг 2025-йил дастлабки уч ойи давомида амалга оширган ишлари юзасидан ўз сайловчиларига ахбороти тингланди.
янв.21
Deputat o'z saylovchilar oldida axborot berib o'tdi.
янв.21
Ижтимоий соҳа, ёшлар сиёсати, маданият ва спорт масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Deputatlarga o'quv seminar o'tkazildi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
Deputatning o'z saylovchilari oldida 6 oylik hisoboti to'g'risida
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining navbatdagi 86-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 83–sessiyasi bo'lib o'tdi
DEPUTAT XALQNING ISHONGAN VAKILI

 Hazorasp tumani Bogʻi-rogʻlar mahallasida Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati D.Babadjonova hamda Xalq deputatlari tuman kengashi deputati M.Abdullayevalar tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Vaisov, mahalla faollari, 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilari, tadbirkorlar ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda deputatlar aholi bilan bevosita muloqot olib bordi. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash, qoʻshimcha sharoitlar yaratish, xalq hokimiyatchiligi tamoyillarini yuzaga chiqarish borasida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, shuningdek, istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berildi. 

Tadbir davomida mahalla faollari R.Masharipov va N.Davletovlar tomonidan Bogʻi-rogʻlar mahallasining janubiy qismidagi “Turkiston”, “Karvon yoʻli” va “Yetakchilar” koʻchalarida istiqomat qiluvchi aholiga 400 oʻringa moʻljallangan Boshlangʻich sinflar uchun yangi maktab binosi hamda Bogʻi-rogʻlar mahallasi uchun 300 oʻrinli MTT qurib berishda amaliy yordam berishni soʻradilar. 

Deputatlar tomonidan ushbu masalalar boʻyicha tegishli tashkilotlarga deputat soʻrov yuborish rejalashtirildi. 

Mahalla faollarining murojaatlarining yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi boʻyicha tushuntirishlar berildi.  

Slide 1 of 3