Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha “Deputatlik so‘rov”lari chiqarildi.

 Fuqarolar
murojaatlari bo‘yicha “Deputatlik so‘rov”lari chiqarildi.
 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova,
F.Mirzayev, O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi N.Karimovlar
tumandagi saylovchilar bilan yakkama-yakka muloqot o‘rnatish maqsadida
tumanning Birdamlik MFY, Begimjontepa ko‘chasi uchrashuv o‘tkazilib,
fuqarolarni qiynayotgan masalalar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat
davomida Birdamlik MFY Begimjontepa ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolar
qishning qirovli, kuz faslining yomg‘irli va yoz faslining jazirama kunlari
o‘zlari va oila a’zolarining o‘qishga, ishga va ro‘zg‘or ishlari bilan yo‘lning
qatnov qismida transport vositalarini kutishlari uchun o‘zlarining shaxsiy
mablag‘lari va xomiylik yordamlari bilan qo‘lbola tarzda kutish “Bekat”larini
tayyorlaganlar. Lekin mazkur kutish “Bekat”lari texnik talablarga ham zamon
talablariga ham mos kelmaganligi sababli, hududda istiqomat qiluvchi
fuqarolarga qulaylik va shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan qilgan
murojaatlariga ko‘ra sektor rahbari va tuman IIB boshlig‘i nomiga “Deputatlik
so‘rov”lari tayyorlanib, mas’ullarga yetkazildi.
 

“Deputatlik so‘rov”lari yuborishdan maqsadimiz jonajon xalqimizni rozi
qilish va ularga yetarli darajada qulaylik yaratilishidan iboratdir.
 

Zero, har doim ta’kidlaganimizdek, har qanday holatda ham xalqparvar
mas’ullar albatta bu muammolarga yechim topib, jonajon xalqimizni rozi
qilishlariga umid qilamiz va albatta bu yo‘ldan aslo qaytmaymiz. Buning uchun
esa bizga ishonch bildirgan jonajon xalqimizning duolaridir...
  

Slide 1 of 1