Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
3-SONLI TEXNIKUM FAOLIYATI O‘RGANILDI

3-SONLI TEXNIKUM FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi O. Mamatkarimov, Namangan viloyati Kengashi Kotibiyati mudiri T. Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan Namangan shahridagi 3-sonli texnikum faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida texnikumda ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muassasaning moddiy-texnik bazasi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar tayyorlash va bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida ta’lim sifati, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va aholi bandligini ta’minlash vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr) hamda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr) talablaridan kelib chiqib, kasbiy ta’lim sifatini oshirish va yoshlarning mehnat faoliyatiga kirishish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan ta’lim sifatini yanada yaxshilash, texnikumning moddiy-texnik bazasidan samarali foydalanish hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

Slide 1 of 8