Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_qonun
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
📢 SHEROBOD TUMANIDA PF-193-SON FARMON IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA


📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Sherobod tumanida tizimli nazorat ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi 48 ta mahallada Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam nazorat qilib borilmoqda.

🔎 Nazorat jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
✅ Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
✅ Yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash;
✅ Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish;
✅ Ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish;
✅ Mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini o‘rganish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash.

⚖️ Deputatlik nazorati — Farmon ijrosining muhim omili.
Farmonning 18-bandiga muvofiq, Oliy Majlis palatalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlariga Farmon ijrosi va ajratilayotgan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi ustidan muntazam parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilgan.
Shu asosda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan 48 ta mahallada olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va nazorat qilish orqali belgilangan vazifalarning samarali bajarilishiga e’tibor qaratilmoqda.

🎯 Asosiy maqsad — Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish va Sherobod tumani aholisi farovonligini yuksaltirishga ko‘maklashish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1