Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport jihozlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat – tuman hokimi J.Axmedovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “G‘azalkent” mahallasida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport jihozlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida maktabda o‘quv xonalari va boshqa binolarni isitish maqsadida foydalaniladigan qozonxona elektr energiyasi yordamida ishlashi aniqlandi. Maktab ma’muriyati tomonidan mavsumga tayyorgarlik doirasida isitish tizimlari texnik holati ko‘rib chiqilgani va ularning sozligi ta’minlangani ma’lum qilindi. Bu esa sovuq kunlarda ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratilganini ko‘rsatadi.

🔵Shu bilan birga, kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishi ehtimolini inobatga olgan holda, maktabda isitish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va zarur hollarda qo‘shimcha choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi. O‘rganish jarayonida maktabning sport infratuzilmasi va o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Maktabda sport zali mavjud bo‘lsa-da, uning zamonaviy talablarga to‘liq javob bermasligi, ta’mirtalab holatlari mavjudligi aniqlandi.

🔵Shuningdek, sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sport anjomlarining ayrim turlari yetishmasligi ma’lum bo‘ldi. Mavjud sport jihozlarining holati va ulardan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish uchun zarur anjomlar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash lozimligi qayd etildi. Maktabda kuz-qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish, isitish tizimlarining doimiy ishlash holatini nazorat qilib borish, shuningdek, sport zali holatini yaxshilash va yetishmayotgan sport anjomlari bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6