Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
“Gulchinor” mahallasida PF–193-son Farmon ijrosi o‘rganildi


👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida 11-Chuqurko‘l saylov okrugidan saylangan deputat T. Shodiyevning saylov okrugiga qarashli “Gulchinor” mahalla raisi N.Egamberdiyev
bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

📊 Savolnoma asosida o‘rganish jarayonida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilindi.

💼 Shuningdek, mahallada yaratilgan ish o‘rinlari, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlik loyihalarining samaradorligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Asosiy maqsad — mahallada aholi bandligi va daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini ta’minlash.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3