Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi

31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev tomonidan
31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, hududning obodonlashtirilishi hamda ta’lim muassasasining umumiy holati bilan tanishildi.

Shuningdek, mavjud masalalar yuzasidan maktab mas’ullari bilan fikr almashilib, o‘quvchilar uchun xavfsiz, qulay va sifatli ta’lim muhitini ta’minlashga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha
24 talik tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti asos qilib olindi. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni,
O‘RQ-637-son, 2020-yil
23-sentabr talablaridan kelib chiqib, ta’lim tashkilotining faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan
shart-sharoitlarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 5