Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Inomjon Madjidov Yashnobod tumanidagi “Donishmand” mahallasida sayyor uchrashuv o‘tkazib, aholini qiynayotgan masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid takliflarni o‘rgandi.

🔺 Uchrashuvda “Donishmand”, “Katta Yangiobod” va boshqa mahallalarning “yettiligi” vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida hududlarda mavjud muammolar va aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qilayotgan masalalar muhokama qilindi.

🚌 Xususan, jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati hamda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi. Aholining jamoat transportidan qulay foydalanishi uchun mavjud sharoitlarni yaxshilash zarurligiga e’tibor qaratildi.

🗣 Mazkur masala mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati va aholi uchun ulardan foydalanish qulayligini o‘rganish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

♻️ Uchrashuvda ko‘tarilgan yana bir muhim masala — hududda zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish bo‘ldi. Bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning faol va sog‘lom ulg‘ayishi uchun mahallalarda tegishli infratuzilmani rivojlantirish zarurligi muhokama qilindi.

📉 Mazkur taklif ham mahalliy Kengash deputati faoliyatining bolalar va yoshlar uchun sport va dam olish infratuzilmasining mavjudligi hamda uning holatiga e’tibor qaratish yo‘nalishi bilan uyg‘un holda ko‘rib chiqildi.

🎓 Sayyor uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalaga ham alohida e’tibor qaratildi. “Donishmand” mahallasidagi 227-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchisi M. Vohidovning O‘zMU olimpiadasi g‘olibi bo‘lgani munosabati bilan imtiyoz asosida talabalikka qabul qilinishi masalasi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

📚 Yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon qilishi va erishgan yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash mahallalarda yoshlar bilan ishlashning muhim yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

💡 Inomjon Madjidov mahalla “yettiligi” vakillari bilan muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlarni tinglab, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish masalalariga e’tibor qaratdi.

📨 Uchrashuv yakunida jamoat transporti va avtobus bekatlari, bolalar maydonchasini tashkil etish hamda uchrashuvda ko‘tarilgan boshqa masalalarni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

🔎 Mahallalardagi masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholining fikr va takliflarini tinglash hamda ularni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🤝 Aholi bilan ochiq muloqot — hududdagi real ehtiyojlarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha manzilli choralarni belgilashning muhim omilidir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6