Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

️Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ijtimoiy holati, kundalik hayotida uchrayotgan muammolar va mavjud ehtiyojlari yuzasidan suhbatlashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni tegishli tartibda o‘rganish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Jumladan, Parpashabof ko‘chasi, 224-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro M.Bahodirova bilan suhbat o‘tkazilib, uning yashash sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari va unga ko‘rsatilayotgan yordamlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroga muntazam ravishda ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, uning mavjud ehtiyojlari tinglanib, ijtimoiy ko‘makni davom ettirish hamda zarur hollarda qo‘shimcha yordam choralarini ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3