Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🏛 DEPUTAT TO‘GARAK FAOLIYATI BILAN TANISHDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova “Qorabog‘” mahallasidagi 35-sonli umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan biologiya to‘garagi rahbari R.Sultonovaning to‘garak faoliyati bilan tanishdi.

📚 Tashrif davomida biologiya to‘garagida mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔬 To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning biologiya faniga oid bilimlarini kengaytirish, mustaqil izlanish va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

🤝 Deputat tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, fan to‘garaklarini yanada rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3