Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasidan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida mahallada “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar soni, ularning toifalari hamda oilalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur mahallada jami 77 ta oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan bo‘lib, ularning 16 tasi davlat ta’minotidagi oila, 44 tasi kambag‘al oila, 17 tasi kambag‘allik chegarasidagi oila toifasiga mansub.

🔻O‘rganish davomida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va mavjud muammolarini hal etishga qaratilgan ishlarga e’tibor qaratildi. Har bir oila bilan manzilli ishlash, oilalarning holatidan kelib chiqqan holda tegishli ko‘maklarni tashkil etish muhimligi qayd etildi.

🔻Shuningdek, kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarni qo‘llab-quvvatlashda ularning ijtimoiy yordamga bo‘lgan ehtiyojlari bilan bir qatorda, oila daromadini oshirish imkoniyatlarini aniqlashga ham alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Oilalar bilan ishlash jarayonida mavjud muammolarni faqat bir martalik yordam ko‘rsatish orqali emas, balki ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralar orqali hal etish muhimligiga urg‘u berildi.

🔻Deputat tomonidan mas’ullarga reyestrdagi oilalarning holatini muntazam o‘rganib borish, ularning ehtiyojlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib manzilli ko‘mak ko‘rsatish hamda oilalarni barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3