Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
янв.21
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar
янв.21
Hududga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va yangi ishlab chiqarish korxonalari
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etilishi
янв.21
Orol dengizi hududida yashilzorlar barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
янв.21
TIBBIY MUASSASALARNI ZAMONAVIY ASBOB-USKUNALAR BILAN JIHOZLASH BORASIDAGI ISHLAR
TASHABBUSLI BYUDJET LOYIHASIDA SUSTKASHLIK VA MAS’ULIYATSIZLIKKA YO‘L QO‘YILMAYDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #ekspert_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi

TASHABBUSLI BYUDJET LOYIHASIDA SUSTKASHLIK VA MAS’ULIYATSIZLIKKA YO‘L QO‘YILMAYDI

↗️ Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan “Tashabbusli byudjet” loyihalari ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati ustidan Kengash nazorati tizimli ravishda olib borilmoqda.

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi III-27-27-14-202-K/26-son qaroriga muvofiq, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlangan. Mazkur qaror asosida jamoatchilik tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun tegishli mablag‘lar yo‘naltirilgan.

💼 Shu loyiha doirasida 328-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Alisher Giyasov ishtirokida tanqidiy o‘rganildi.

⚠️ O‘rganish davomida pudratchi tashkilot tomonidan ishlar sust sur’atlarda olib borilayotgani, ayrim qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz va belgilangan talablar asosida bajarilmayotgani aniqlandi. Ish jarayonida mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilayotgani, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning ayrimlari esa o‘z holiga tashlab qo‘yilgani qayd etildi.

📊 Ayniqsa, Kengash raisining avvalgi o‘rganishi davomida bildirilgan e’tiroz va ko‘rsatmalarning ham to‘liq bajarilmagani keskin tanqid qilindi. Bu holat pudratchi tashkilot tomonidan berilgan topshiriqlarga yetarlicha mas’uliyat bilan yondashilmayotganini ko‘rsatmoqda.

🔴 O‘rganish yakunlari bo‘yicha pudratchi tashkilotning olib borayotgan ishlariga qoniqarsiz baho berildi. Ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish, ishlarni belgilangan loyiha hamda sifat talablariga muvofiq bajarish, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga qat’iy ko‘rsatmalar berildi.

📆 Shuningdek, 328-sonli DMTTni foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq muddat belgilandi. Belgilangan muddatlarda ishlarni yakunlash, ta’lim muassasasini sifatli holatda foydalanishga topshirish hamda aniqlangan kamchiliklarning qayta takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik mas’ullarga alohida ta’kidlandi.

📈 Mazkur loyiha ijrosi, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan nazoratda davom ettiriladi.

Slide 1 of 8