Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari N.Turdiyev, Y.Berdiyarov, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Yangi davr mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Uchrashuv davomida ayrim murojaatlar mas’ullar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rish orqali ijobiy yechimini topdi. Jumladan, Terakzor ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro davolanishi uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilandi.

Shuningdek, Yoshlar ko‘chasida yashovchi fuqaro ko‘p qavatli uyning kirish qismida is gazi sizib chiqayotgani yuzasidan murojaat qildi. Holat mas’ullar tomonidan joyida o‘rganilib, xavfsizlikni ta’minlash va muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Slide 1 of 5