Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
BUGUN — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV XOTIRASI KUNI

BUGUN — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOV XOTIRASI KUNI

🇺🇿 Bugun, 2-sentabr — mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etgan kun.

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, mamlakatimizning davlat suverenitetini mustahkamlash, hududiy yaxlitligini ta’minlash, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga erishish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish borasidagi tarixiy xizmatlari xalqimiz xotirasida mangu saqlanadi.

Mustaqillikning dastlabki va murakkab yillarida mamlakatimiz oldida turgan ulkan vazifalarni amalga oshirish, milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda tub islohotlarni amalga oshirish, xalqimizning o‘zligini, milliy qadriyatlari va boy tarixiy merosini tiklash yo‘lida Islom Karimovning faoliyati alohida ahamiyat kasb etdi.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, tinchlik va barqarorlik kabi ezgu g‘oyalar mustaqillik yillaridagi taraqqiyot jarayonlarida muhim o‘rin tutdi.

Bugun Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini yod etar ekanmiz, u kishining Vatan va xalq oldidagi xizmatlarini chuqur hurmat bilan eslaymiz. Zero, tarixda xalq taqdiri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan siymolar nomi va ezgu ishlari avlodlar xotirasida hamisha yashaydi.

🕊 Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha barhayot.