Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi

📌 XALQ DEPUTATLARI SHEROBOD TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI 25-SESSIYASI BO‘LIB O‘TMOQDA

Bugun Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi masala — tumandagi davlat organlari va tashkilotlari tuzilmalarida norma ijodkorligi faoliyatini tashkil etish hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida 2026-yilning II choragi yakunlari bo‘yicha Sherobod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyevning axboroti muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi N. Himmatova so‘zga chiqib, masala doimiy komissiya yig‘ilishida atroflicha muhokama qilinganini ta’kidladi.

Shuningdek, N. Himmatova qaror loyihasi yuzasidan doimiy komissiyaning xulosa va takliflarini deputatlar e’tiboriga havola etdi.

📍 Sessiya ishi davom etmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1