35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
янв.21
Mustaqillik yillarida xalq ta’limi tizimidagi tub islohotlar va yangi maktablar qurilishi
янв.21
Oliy ta’limga qamrov
янв.21
Tabiat uchun birlashaylik!
янв.21
Investitsiya dasturlari asosida qurilayotgan ijtimoiy soha ob'ektlari deputatlar nazoratida.
янв.21
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori
янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor

Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor

✅ Mustaqillik — inson qadri, huquq va erkinliklari yuksak qadrlanadigan tinch va adolatli jamiyat barpo etishning mustahkam poydevoridir. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirilgan yana bir muhim insonparvarlik tadbiri buni yaqqol namoyon etdi.

✅ Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 852 nafar shaxsni afv etish to‘g‘risidagi Farmon imzolandi.

✅ Farmonga ko‘ra, afv etilganlarning 604 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 115 nafari muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etiladi, 52 nafarining jazosi yengilroq jazo turiga almashtiriladi, 81 nafarining ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati qisqartiriladi.

✅ Afv etilganlar orasida 375 nafar yoshlar, 49 nafar ayollar, 37 nafar 60 yoshdan oshgan erkaklar, shuningdek, 7 nafar xorij fuqarosi bor. Bu qaror insonparvarlik, kechirimlilik va inson taqdiriga e’tibor tamoyillarining amaliy ifodasidir.

✅ E’tiborlisi, afv — insonga o‘z xatosini anglab, hayotini yangidan qurish uchun berilgan imkoniyatdir. Endi afv etilgan shaxslarning jamiyatga moslashishi, oilasi bag‘riga qaytishi, halol mehnat qilishi va munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Mustaqillikning 35 yilligi arafasidagi ushbu ezgu qadam inson qadrini ulug‘lash, adolat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lidagi muhim amaliy ishlardan biridir.

Slide 1 of 1