Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda

Muhtaram Prezidentimizning 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Beruniy tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokidagi mazkur loyiha qishloqlar infratuzilmasini tubdan yaxshilashga xizmat qilmoqda.
🛣 Lolazor MFYda yangi piyodalar yo‘lakchasi
Ayni kunlarda “Lolazor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz piyodalar yo‘lakchalarini qurish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
🔎 Jarayon nazoratda
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kadirov mazkur mahallada bo‘lib, qurilish ishlarining borishi va sifatini bevosita o‘rgandi. O‘rganish davomida qurilish ishlarini sifatli yakunlash va aholi uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Bu kabi loyihalar qishloq infratuzilmasini zamonaviylashtirish bilan birga, fuqarolarimizning turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan.

Slide 1 of 1