35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
янв.21
Mustaqillik yillarida xalq ta’limi tizimidagi tub islohotlar va yangi maktablar qurilishi
янв.21
Oliy ta’limga qamrov
янв.21
Tabiat uchun birlashaylik!
янв.21
Investitsiya dasturlari asosida qurilayotgan ijtimoiy soha ob'ektlari deputatlar nazoratida.
янв.21
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori
янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan 25-Yangi Toyloq saylov okrugi hududiga kiruvchi Charag‘bon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, aholi bilan olib borilayotgan amaliy ishlar hamda soliq qarzdorligini kamaytirish borasidagi faoliyat holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda hamda aholi xonadonlarida soliq to‘lovlari va mavjud qarzdorliklar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Fuqarolarga soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tushuntirishlar berilishi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 2