35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
янв.21
Mustaqillik yillarida xalq ta’limi tizimidagi tub islohotlar va yangi maktablar qurilishi
янв.21
Oliy ta’limga qamrov
янв.21
Tabiat uchun birlashaylik!
янв.21
Investitsiya dasturlari asosida qurilayotgan ijtimoiy soha ob'ektlari deputatlar nazoratida.
янв.21
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori
янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
“Elobod” mahallasida yangi investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda

O‘rganish “Deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” bo‘yicha 22-band — “Hududdagi investitsiyalar holati” doirasida amalga oshirilib, investitsiya va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha bilan tanishildi.
Jumladan, “Elobod” mahallasi hududida “Ulkan Sarbon Fayz” MChJ tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida asfaltbeton ishlab chiqarish korxonasi qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 7 milliard so‘mni tashkil etadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati soatiga 120 tonna asfaltbeton mahsulotini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida 20 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Bu esa mahallada aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududning sanoat salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning samarali amalga oshirilishini o‘rganib borish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 7