35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimi: aholi salomatligini muhofaza qilishda yangi yondashuv
янв.21
Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi, bog‘chalar qurilishi va davlat-xususiy sheriklik
янв.21
Mustaqillik yillarida xalq ta’limi tizimidagi tub islohotlar va yangi maktablar qurilishi
янв.21
Oliy ta’limga qamrov
янв.21
Tabiat uchun birlashaylik!
янв.21
Investitsiya dasturlari asosida qurilayotgan ijtimoiy soha ob'ektlari deputatlar nazoratida.
янв.21
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori
янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
#Deputat faoilayati

#deputat faoliyati
#o'rganish

🇺🇿MAHALLA INFRATUZILMASI VA AHOLINI OʻYLANTIRAYOTGAN MASALALAR DEPUTATLAR NAZORATIDA

Nurafshon shahar "Xurriyat" mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish hamda mavjud muammolarni joyida oʻrganish maqsadida navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri K.Umarboev hamda hudud hokim yordamchisi mahalladagi mavjud holat bilan yaqindan tanishdilar.

🛣Mahalladagi ichki yoʻllarni asfaltlashtirish va ta'mirlash talab etiladigan hududlar holati;
💡Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud infratuzilma ob'ektlarini yaxshilash va obodonlashtirish masalalari;
📝 Natija: Oʻrganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va mahallada aniqlangan muammolar deputatlarning nazorat jurnaliga kiritilib, tegishli tashkilotlar orqali bosqichma-bosqich hal etish uchun ijro nazoratiga olindi.

Xalq vakillari tomonidan bildirilgan har bir murojaat e'tibordan chetda qolmaydi va ularning yechimi boʻyicha amaliy choralar koʻriladi.

Slide 1 of 2