35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mustaqillik yillarida xalq ta’limi tizimidagi tub islohotlar va yangi maktablar qurilishi
янв.21
Oliy ta’limga qamrov
янв.21
Tabiat uchun birlashaylik!
янв.21
Investitsiya dasturlari asosida qurilayotgan ijtimoiy soha ob'ektlari deputatlar nazoratida.
янв.21
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori
янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📢 MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH — SHAFFOFLIK VA HALOLLIK GAROVI!

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni 2024-yil 5-iyunda qabul qilingan.
Mazkur qonunning asosiy maqsadi — davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, xodimlarning xizmat vazifalarini xolis va halol bajarishini ta’minlashdan iborat.

🔹 Manfaatlar to‘qnashuvi nima?

Manfaatlar to‘qnashuvi — xodimning shaxsiy manfaatdorligi uning xizmat vazifalarini xolis va obyektiv bajarishiga ta’sir qilayotgan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.

🔹 Qonun nimalarni belgilaydi?

✅ manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni aniqlash tartibini;
✅ xodimlarning huquq va majburiyatlarini;
✅ mavjud va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish tartibini;
✅ deklaratsiya va xabarnomalarni taqdim etish talablarini;
✅ manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrini yuritish tartibini;
✅ manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish choralarini;
✅ Odob-axloq komissiyasining vakolatlarini;
✅ qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi.

📌 Xodim nimalarga e’tibor berishi kerak?
Agar xodim faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelsa yoki uning yuzaga kelish ehtimoli mavjud bo‘lsa, bu holatni yashirmasdan, o‘z vaqtida ma’lum qilishi lozim.
Manfaatlar to‘qnashuvini yashirish yoki qonun talablariga rioya qilmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

🔎 Manfaatlar to‘qnashuvi qanday aniqlanadi?

Bunday holatlar xodimning xabarnomasi va deklaratsiyasi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ichki nazorat tadbirlari hamda boshqa qonuniy manbalar orqali aniqlanishi mumkin.
⚖️ Aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi, jumladan xodimni muayyan qaror qabul qilish jarayonidan chetlashtirish, vazifalarini qayta taqsimlash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni qo‘llash mumkin.

💡 Yodda tuting!

Manfaatlar to‘qnashuvini yashirish — muammoni kuchaytiradi. Uni o‘z vaqtida oshkor qilish esa qonuniylik, halollik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

🤝 Korrupsiyaga qarshi kurashish — faqat mas’ul tashkilotlarning emas, har birimizning vazifamiz!

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si raisi Shermuxamedova Fazilatxon Muxiddinovna

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1