Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
#talim nazorati

#ta'lim_nazorati
#kuzqish

DEPUTAT NAZORATI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLIGI OʻRGANILMOQDA

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari tomonidan oʻz saylov okruglari hududida joylashgan ta’lim muassasalarining 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda umumiy sanitar-gigiyena talablariga rioya etilishi yuzasidan izchil nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Keng koʻlamli oʻrganishlar doirasida shahar Kengashi deputati A.Tursunboev, shahar Ekalogiya partiyasi raisi va mahalla raisi tomonidan Taraqqiyot MFY mahallasi hududida joylashgan 57-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Isitish tizimining shayligi va bino issiqlik saqlash imkoniyatlari;
🧹 Obodonlashtirish va tozalik: Muassasa binosining tashqi koʻrinishi, hududdagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari hamda sanitar holat;
🍎 Shart-sharoitlar va ta’minot: Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, guruh xonalari va oshxona holati;
📚 Pedagogik salohiyat: Mashgʻulotlarning sifat darajasi va pedagog xodimlarning bilim saviyasi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, 57-sonli maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va umumiy xoʻjalik ishlari yaxshi darajada tashkil etilgani aniqlandi. Shuningdek, aniqlangan ayrim kichik kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish boʻyicha mas’ullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Slide 1 of 2