Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Energiyani tejash — barchamizning vazifamiz

 Energiyani tejash — barchamizning vazifamiz

✅ Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni tejash va energiya samaradorligini oshirish mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2024-yil 7-avgustda “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2024-yil 9-noyabrdan kuchga kirgan.
Qonunning asosiy maqsadi energiya resurslarini tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanish, energiya samaradorligini oshirish hamda energiyani tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish uchun huquqiy asoslarni belgilashdan iborat.

✅ Qonunda energiyani tejash va undan oqilona foydalanishning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik belgilangan. Shuningdek, davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari qatorida energiyadan samarali va xavfsiz foydalanishni ta’minlash, energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar belgilangan.

✅ Ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida energiya sarfini muntazam monitoring qilish, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa korxona va tashkilotlarda energiya sarfini kamaytirish bilan birga, mavjud resurslardan unumli foydalanish imkonini beradi.

✅ Qonunda energiya auditi masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlarning energiya iste’molini auditdan o‘tkazish tartiblari belgilangan. Bunday auditlar energiya sarfining mavjud holatini aniqlash, tejamkorlik imkoniyatlarini baholash va samaradorlikni oshirish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga xizmat qiladi.

✅ Bugungi kunda energiyani tejash faqat davlat tashkilotlari yoki korxonalarning vazifasi emas. Har bir xonadon, mahalla, tadbirkorlik subyekti va tashkilot energiyadan oqilona foydalanishga o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Elektr jihozlaridan zaruratga ko‘ra foydalanish, foydalanilmayotgan chiroq va qurilmalarni o‘chirib qo‘yish, energiya tejamkor texnologiyalarni tanlash kabi oddiy choralar ham katta samara beradi.

Slide 1 of 1