Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Saylovchilar bilan uchrashuv

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

❗️Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Isoqul Xalmatov 2026-yilning II yarim yilligi bo‘yicha axborot berdi

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 15-Gulbog' saylov okrugidan saylangan deputat Xalmatov Isoqul Amandavlatovich 2026-yilning II yarim yilligi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududiy o‘rganishlar va ilgari surilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

✅Deputat tomonidan Bandixon tumanidagi “Gulbog'” mahallasida fuqarolar, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari, hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sport inshootlari va ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash masalalari alohida nazoratga olindi.

✅Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xotin-qizlar faollari va soliq inspektorlari faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

✅Hududlardagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi, gaz, toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham deputatlik nazorati doirasida atroflicha o‘rganildi.

✅Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish va aholi bandligi masalalari yuzasidan ham tizimli monitoring olib borildi.

✅Hisobot davomida Isoqul Xalmatov Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi sessiyalarida hamda tegishli doimiy komissiyalar faoliyatida faol ishtirok etib, aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish va mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

✅Uchrashuvlar yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Mazkur ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqani mustahkamlash, hududiy muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 8