Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik doirasida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati Y.Musayev hamda kotibiyat mudiri B.Baxovadinov tomonidan tuman Suv ta’minoti bo‘limi faoliyati yuzasidan sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan aholiga ichimlik suvi yetkazib berish, suv ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud suv tarmoqlarining texnik holatini saqlash va ta’mirlash, shuningdek, fuqarolarning suv ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺Hududlardagi ichimlik suvi tarmoqlarining holati, ta’mirtalab va avariya holatidagi qismlarni aniqlash, suv bosimi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, yangi tarmoqlarni ishga tushirish hamda mavjud infratuzilmani bosqichma-bosqich yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

♻️ Shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, jumladan, suv ta’minotidagi uzilishlar, suv bosimining pastligi, tarmoqlardagi nosozliklar va boshqa muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish jarayonida suv ta’minoti tizimida mavjud muammolarni manzilli aniqlash, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish, aholiga uzluksiz va sifatli ichimlik suvi yetkazib berishni ta’minlash hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirtalab suv tarmoqlarini yangilash, avariya holatlarining oldini olish, suv ta’minotida uzilishlarni kamaytirish hamda aholining murojaatlarini nazoratga olib, ularni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 4