Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "9-Jurjoniy" okrugi deputati Ismanov Jafar Xodjimuratovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Davlatobod mahallasida bolalar va sport maydonchasi barpo etish masalasi yuzasidan Davlatobod mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaatlari asosida Somoniy 1-proyezd ko‘chasida, 490-sonli DMTTga tutash hududda zamonaviy bolalar o‘yin maydonchasi hamda workout sport maydonchasi tashkil etish masalasi ko‘tarilgani, mazkur hududda bolalar va yoshlar uchun ushbu maydonchalarning mavjud emasligi sababli, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratish zarurati mavjudligi qayd etilgan.

📈 Shu munosabat bilan, 2027-yil uchun Uchtepa tumani dasturini shakllantirish jarayonida:

✍️ Davlatobod mahallasi, Somoniy 1-proyezd ko‘chasidagi 490-sonli DMTTga tutash hududda zamonaviy bolalar o‘yin maydonchasi;

✍️ yoshlar va aholi uchun workout sport maydonchasi barpo etish loyihasini tuman dasturiga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqishingiz hamda mazkur masalani amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1