Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILIB, DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 19-Mustaqillik saylov okrugi deputati Z.G‘ofurova tomonidan saylov okrugidagi Navbahor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Z.Yakubova, N.Akbarova hamda deputatga biriktirilgan tashkilot — Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Ilxomxo‘ja Saidakbarov bilan hamkorlikda mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va ularni hal etish imkoniyatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Jumladan, Marg‘ilon shahar, Navbahor mahallasi, Yangi Farg‘ona ko‘chasi, 29-uy, 11-xonadonda yashovchi fuqaro G. Zakirova bilan suhbat davomida bir qator muammolar ko‘tarildi.

Fuqaroning ma’lum qilishicha, uy oldidagi ko‘cha yoritish chiroqlari ishlamayotgani sababli kechki vaqtlarda fuqarolarning ko‘chada xavfsiz va qulay harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, xonadon hovlisi oldidagi yo‘l va yo‘laklarni asfaltlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

Bundan tashqari, fuqaro yashash xonadonining tom qismi qisman yaroqsiz holga kelib qolganini bildirdi. Mazkur masala yuzasidan shirkatga murojaat qilingan bo‘lsa-da, hozirga qadar muammo ijobiy hal etilmaganini ma’lum qildi.

Murojaatlar deputat Z. G‘ofurova tomonidan atroflicha tinglanib, aniqlangan muammolar joyida ko‘zdan kechirildi. Fuqaroning murojaati belgilangan tartibda deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi.

Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda murojaatlarning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Ta’kidlash joizki, deputatning saylov okrugini muntazam ravishda o‘rganib borishi, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilishi va ularning muammolarini joyida aniqlashi deputatlik nazoratining muhim shakllaridan biridir.

Z.G‘ofurova tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar aholining murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, muammolarni manzilli hal etish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Slide 1 of 6