Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan fuqaro murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘ini Toshpo‘lat O‘razqul ko‘chasi 21-uyda yashovchi fuqaro Meliboyeva Manzuraxon o‘z xonadonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

Murojaatda fuqaroning yashash xonadoniga oid kadastr hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi so‘ralgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Kadastr agentligi boshlig‘i B.Erkaboyevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:
Qo‘qon shahar “Qo‘shchinor” MFY Toshpo‘lat O‘razqul ko‘chasi 21-uyda yashovchi fuqaro Meliboyeva Manzuraxonning xonadonini kadastr hujjatlari qanday tartibda rasmiylashtirib berilishi yuzasidan fuqaro bilan uchrashib, o‘z nuqtai nazarini bayon etishi hamda kadastr hujjatlari qachon rasmiylashtirib berilishi yuzasidan ma’lumot berishi;
Mazkur xonadonning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish muddatlari va jarayoni haqida batafsil ma’lumot taqdim etishi so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda (so‘rov olingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmasdan) javob taqdim etilishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2