Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Turkiston” ko‘chasining 152-sonli ko‘p qavatli uyi hamda “Sarboz” ko‘chasidagi 32–41-sonli ko‘p qavatli uylar oldi qismida bolalar sport maydonchasi qurish masalasi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

Fuqarolar mazkur hududlarda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida zamonaviy sport maydonchasi barpo etilishiga amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rashgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:
“Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inining “Turkiston” ko‘chasidagi 152-sonli ko‘p qavatli uy oldi hamda “Sarboz” ko‘chasidagi 32–41-sonli ko‘p qavatli uylar oldi qismida bolalar sport maydonchasi qurish yuzasidan qanday choralar ko‘rilishi;
Mazkur hududlarda bolalar sport maydonchasini qurish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq muddat va rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etilishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2