Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
19¹-modda: Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yuldosheva tomonidan Ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikasining Sharof Rashidov filiali faoliyati yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

Nazorat-tahlil jarayonida muassasada fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularni tinglash va muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, tibbiyot xodimlarining murojaatlarga munosabati hamda xizmat ko‘rsatish jarayoni o‘rganildi.
Deputat tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, fuqarolar murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va aniqlangan masalalarni amaldagi tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur nazorat tadbiri aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash hamda hududdagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashga qaratildi.

Slide 1 of 7