Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“MAXTUMQULI” OFYda UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI “Maxtumquli” ovul fuqarolar yig‘inida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi
янв.21
IT—zamonaviy yechimlar sari! #Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
SAYLOVCHILAR VA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MAHALLADA CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
#Bosma nashrlarda
янв.21
Aholiga qulaylik yaratish va hududlar infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar tizimli davom etmoqda.
янв.21
#OAV_gazeta
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi kotibiyat mudiri mahalla faollari va ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Matkarimova Hamida Fayzullaevna
янв.21
QIShLOQ XO‘JALIGIDA KLASTER TIZIMINING JORIY ETILIShI VA DEHQONLAR DAROMADINING OShIShI
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 10-at -Termiziy saylov okrugi deputati hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Kabulova Ra'no Irkinovna tomonidan o‘ziga biriktirilgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘limga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning ularning belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi, mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilishi hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli hal etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, murojaatlarning ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda qonuniylik, ochiqlik va natijadorlikni ta’minlash, murojaatlarni ortga surmasdan, amaliy yechim topishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Muhiddin Yarmatov Nurxonovich ham ishtirok etdi.

Biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish orqali hududda aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar murojaatlarining samarali ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar ustidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 6