Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori
янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
Ijtimoiy soha yo'nalishida navbatdagi oilaviy poliklinika faoliyati o'rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga Adolat SDPdan saylangan “24-Shirin” okrugi deputati Shahnoza Mustafayeva hamda Uchtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori G‘ulom Eshatov ishtirokida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri sifatida - aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati, bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati hamda nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

💊 O‘rganish davomida tumandagi 24-son oilaviy poliklinika faoliyati, aholiga yaratilgan tibbiy xizmatlar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

📇 Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda 24-oilaviy poliklinikaga jami 40 200 nafar aholi biriktirilgan bo‘lib, shundan 39 641 nafari DMED elektron tizimiga kiritilgan. Jumladan, 25 688 nafar kattalar, 11 778 nafar 0–14 yoshdagi bolalar hamda 2 734 nafar o‘smirlarga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

↗️ Mazkur poliklinika “Tinchlikobod”, “Farhod”, “Xuroson”, “Tepaqo‘rg‘on”, “Qo‘rg‘ontepa” hamda “Zargarlik” mahallalari aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

📊 Shuningdek, 2026-yilning 1-yanvaridan 8-may kuniga qadar reimbursatsiya tizimi orqali 13 074 ta dori vositalari retsepti yozib berilgan bo‘lib, shundan 10 504 tasi fuqarolar tomonidan olingan. O‘rganish jarayonida har oy uchun ajratilgan mablag‘lar va yozilgan retseptlar holati ham tahlil qilindi.

💬 O‘rganish davomida bir qator muhim talab va takliflar ilgari surildi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan ko‘zi ojiz fuqarolar uchun maxsus yo‘lak tashkil etish, “Open budget” loyihasi orqali olib kelingan gematologik analizator apparati uchun zarur reaktiv vositalar bilan ta’minlash, UTT va tor soha shifokorlarining me’yordan ortiq ishlayotganligi sababli ularga ustama haq to‘lash hamda fizioterapiya bo‘limi uchun elektr sterilizator xarid qilish masalalari ko‘tarildi.

💼 Yakunda mazkur takliflarni deputatlik nazoratiga olish hamda kelgusidagi dasturlar doirasida ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelishib olindi.

🧠 O‘rganish jarayonida 24-oilaviy poliklinika bosh shifokori Rasulova Saida Mahmudovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyevalar ishtirok etdi.

Slide 1 of 7