Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tabiat uchun birlashaylik!
янв.21
Investitsiya dasturlari asosida qurilayotgan ijtimoiy soha ob'ektlari deputatlar nazoratida.
янв.21
Yoshlar tarbiyasi - kelajak poydevori
янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Amudaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zLiDeP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi raisi A.Yuldashev tomonidan navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy himoya masalalari, davolanish uchun amaliy yordam ko‘rsatish, aholini bandlik bilan ta’minlash, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar hamda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan taklif va so‘rovlar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Slide 1 of 3