Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda

Uchtepa tumanida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganilmoqda

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Kamolidin Azizov hamda Sanjar Djalolovlar tomonidan tumanda 2026-yil uchun tasdiqlangan “Biznes reja” doirasida hamda Uchtepa tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish va samarali nazoratni amalga oshirish rejasi doirasida belgilangan 47 ta investitsiya loyihasidan navbatdagi 2 ta loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

 ↗️ Xususan, “Elmurod stroy” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida “Farhod” mahallasi hududida barpo etilayotgan ko‘p qavatli xususiy klinika qurilish ishlari bilan tanishildi. Mazkur loyiha doirasida binoning birinchi qavati hamda yerto'la qismi mahalla ixtiyoriga berilishi belgilangan bo‘lib, bu aholi ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 🗂 Shuningdek, loyiha amalga oshirilishi natijasida mahalladagi 100 nafardan ortiq fuqarolarni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” uchun zarur jihozlar to‘liq taqdim etilgani ham aniqlandi.

 ⚠️ Biroq tadbirkor tomonidan qurilish sohasida ayrim muammolar, xususan, tegishli tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar mavjudligi ta’kidlandi. Deputatlar ushbu muammoni atroflicha o‘rganib chiqish va ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildilar. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 45 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

 📰 Shu bilan birga, deputatlar tumanda yangi tashkil etilgan “Ziyo Nashr” nashriyot uyi faoliyati bilan ham tanishdilar. Korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, ayniqsa infratuzilma bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjudligi qayd etildi.

 🔼 Mazkur loyiha doirasida 50 nafardan ortiq yoshlar doimiy ish bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda Turkiyadan keltirilgan zamonaviy Tensor T400 hamda Lithrowe 40 bosma uskunalari o‘rnatilmoqda va montaj ishlari davom etmoqda. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 24 mlrd. so‘mni tashkil etadi.

 ✅ Umuman olganda, o‘rganilgan loyihalar hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish, xizmatlar sifatini oshirish hamda infratuzilmani rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

 ⚙️ Deputatlar tomonidan investitsiya loyihalarini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda..

Slide 1 of 7