Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” hamda Prezidentimizning PF-209-sonli Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi. 

💬 Jumladan:

🔅Mahalla raisi faoliyati: Hududda "mahalla yettiligi" tizimini samarali muvofiqlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash va ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, "kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi tahlil qilindi.

🔅Yoshlar yetakchisi faoliyati: "Yoshlar daftari" bilan ishlash tizimi, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijadorligiga e’tibor qaratildi.

✔️O‘rganish yakunida deputat va kotibiyat mudiri mahalla mas’ullariga aholi muammolarini hal etishda tashabbuskorlikni oshirish, har bir fuqaro bilan individual ishlash va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan aniq tavsiyalar berdilar.

Slide 1 of 3