Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beruniy tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amalda
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining Beruniy tumanidagi o'rganishlari.
янв.21
Deputat xonadonlarda: Beruniyda tadbirkorlik va tomorqa madaniyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohаtlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
YOSHLAR MASLAHAT GURUHLARI: IJTIMOIY SHERIKLIK VA TASHABBUSKORLIK FORUMI

Joriy yilning 15-aprel kuni soat 10:00 da Yoshlar markazida “Xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish: ijtimoiy sheriklik, tashabbus va hududlarni rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusidagi Forum va “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. 

Forum doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini ham yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur nufuzli tadbirda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi o‘zining kreativ g‘oyalari, hududni rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflari va yuksak bilim saviyasi bilan ajralib turdi. 

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyevning ishtiroki va shahar jamosiga bergan tavsiyalari natijasida shahar jamoasi tadbirda munosib ishtirok etib hamda ko‘rsatilgan faollik natijasida, Urganch shahar jamoasi tashkilotchilar tomonidan yuqori baholanib, Faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Bu yutuq shahrimiz yoshlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi daxldorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.  

Slide 1 of 4