Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Prezident qarori ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Beruniy tuman Kengashi deputati Merjenay Durdibayeva tomonidan Maxtumquli OFYdagi 12-Oilaviy polilinikasida o‘rganishlar olib borildi.
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida tibbiy xizmat sifati e’tiborda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va dori-darmon ta’minoti doimiy nazoratga olingan.

✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tuman Kengashi kotibiyat xodimi E.Eshonqulov hamda Bandixon tumani tibbiyot birlashmasi KTMP, OP, OSHP koordinatori Allanazarov O'rol Oltiboy o'g'li Bandixon tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 24-sonli oilaviy poliklinikasida bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordilar.

✅O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ Bemorlarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi;

✅ Shifokorlarning navbatchilik tizimi va aholi qabuli jarayonlari;

✅ Tibbiyot maskanidagi sanitar-gigiyenik holat;

✅ Zarur dori-darmonlar zaxirasining mavjudligi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ko‘rsatilayotgan servis darajasini yanada oshirish bo‘yicha muassasa mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.

"Maqsadimiz — har bir fuqaroning malakali tibbiy yordam olish huquqini ta'minlash va tibbiyot muassasalaridagi sharoitlarni xalqimizga munosib ko‘rinishga keltirishdir", — deya ta'kidladi A.Pardayev.

Slide 1 of 1