Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Yig‘ilishda mazkur komissiya aʼzolari, shuningdek, taklif qilingan ekspert guruhi aʼzolari ishtirok qilishib, unda Beruniy tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan axboroti tinglandi.
Doimiy komissiya yig‘ilishi bayoni tuzilib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.