Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o'z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashining haftalik ish rejasi bo‘yicha DAY JEST (2026-yil 13-17 aprel kunlari uchun)
янв.21
Beruniy tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
янв.21
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat axborot berdi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Prezident qarori ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Beruniy tuman Kengashi deputati Merjenay Durdibayeva tomonidan Maxtumquli OFYdagi 12-Oilaviy polilinikasida o‘rganishlar olib borildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugungi kunda mahalla tizimi jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib, aholi muammolarini joyida hal etish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda eng quyi va samarali bo‘g‘in sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Boyovut tumani “Bunyodkor” mahallasi raisining ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida tuman Kengashi raisi boshchiligida deputatlar ushbu mahallada bo‘lib, mahalla “yettiligi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

➡️ Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, aholi muammolarini aniqlash, ularni tizimli hal etish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

➡️ Shuningdek, uchrashuv davomida Kengash raisi Obloqul Isanov tomonidan mahalla raisiga mahalla “yettiligi” deputat bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni birgalikda o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

➡️ Yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda aholi farovonligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 9